TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Toshkentda 10–12 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan 2026-yilgi Jahon kubogi seriyasining ikkinchi bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib jami to‘rt medalni qo‘lga kiritdi.
Yakkalik dasturda Mariya Borisova va Yeva Kononova, guruh mashqlarida esa Alena Seliverstova, Zlata Remchukova, Nelli Reuskaya, Nikol Andronchik va Alina Proshalikina ishtirok etdi.
Ularning barchasi Alina Kabayevaning “Nebesnaya gratsiya” (“Samoviy latofat”) badiiy gimnastika akademiyasi tarbiyalanuvchilari bo‘lib, Jahon kubogi bosqichida ilk bor qatnashdi.
Rossiyskie gimnastki zavoyevali chetire medali na etape Kubka mira v Tashkente
© Sputnik
Mariya Borisova ko‘pkurashda g‘olib chiqib, amaldagi Olimpiya chempioni germaniyalik Darya Varfolomeyevani ortda qoldirdi. Shuningdek, u halqa bilan mashqlar finalida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Yeva Kononova ko‘pkurashda sakkizinchi o‘rinni egalladi. U halqa bilan mashqlarda beshinchi, lenta bilan mashqlarda esa oltinchi bo‘ldi.
Guruh mashqlari jamoasi alohida turlar finalida ikki medalni qo‘lga kiritdi: beshta to‘p bilan mashqlarda kumush, uchta halqa va ikki juft bulava bilan mashqlarda bronza.