Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi: bunga nima asos bo‘ldi?

Hazrati Imom majmuasi hududida joylashgan ushbu markaz avvalroq “Turkiy dunyoning eng yaxshi muzeyi” deb ham e’tirof etilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi” nominatsiyasi bo‘yicha rasman Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Hazrati Imom majmuasi hududida joylashgan markazning xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lishi uning ko‘lami va me’moriy yechimi bilan bog‘liq. Majmua 10 gektar maydonda barpo etilgan bo‘lib, bino uzunligi 161 metr, kengligi 118 metr, gumbazi balandligi 65 metrni tashkil etadi. Markazning umumiy foydalanish maydoni qariyib 50 ming kvadrat metrni tashkil etadi.
Ginnes rekordlar kitobi sertifikati tashkilot vakili Sheyda Subashi tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Bu voqea markazning islomiy ilmiy va madaniy merosni namoyish etishdagi o‘rni xalqaro darajada e’tirof etilganini ko‘rsatadi.
Avvalroq Islom sivilizatsiyasi markazi TURKSOY tomonidan “Turkiy dunyoning eng yaxshi muzeyi” deb ham e’tirof etilgan edi.
Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi rasman ochildi — sara suratlar