Matbuot markazi

“Sputnik”da Yevroosiyo transport logistikasi: imkoniyatlar va xavflar muhokama qilinadi

Ishtirokchilar Eron mojarosining transport sohasiga ta’siri, Markaziy Osiyoda yagona transport makonini yaratish istiqbollari va Transafg‘on temir yo‘li loyihasini muhokama qiladi
Sputnik
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. 14 aprel kuni soat 13:00 da (Toshkent vaqti bilan) Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida “Yevroosiyoning transport logistikasi: yangi yo‘nalishlar, xavf-xatarlar va imkoniyatlar” mavzusida Toshkent — Moskva videoko‘prik muloqoti bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar
Toshkentda:
Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi “Innovatsion transport” ilmiy-tadqiqot instituti direktori Dauren Ilesaliyev;
Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi “Innovatsion transport” ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari, “Temir yo‘llardan foydalanish ishlarini boshqarish” kafedrasi professori Aleksandr Svetashev.
Moskvada:
“Xalqaro transport yo‘laklari direksiyasi” ANTning xalqaro loyihalar va raqamlashtirish departamenti rahbari o‘rinbosari Natalya Zadonskaya;
transport sohasi eksperti Aleksey Bezborodov.
Aprel oyi boshida Sankt-Peterburgda birinchi Xalqaro transport-logistika forumi bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli idoralar vakillari hamda ekspertlar sohadagi asosiy tendensiyalarni muhokama qildi.
Videoko‘prik ishtirokchilari forumning asosiy yakunlari, Yaqin Sharqdagi mojaroning transport va logistika uchun xavf-xatarlari, Markaziy Osiyoda yagona transport makonini yaratish istiqbollari, shuningdek sohani raqamlashtirish, xalqaro yo‘laklarni rivojlantirish, jumladan Transafg‘on temir yo‘li loyihasi, kadrlar tayyorlash, infratuzilmani rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini muhokama qiladi.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev