TOShKENT, 13 apr — Sputnik. YeOIIda davlat xaridlari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda YeIKning raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish bo‘yicha hay’at a’zosi Maksim Yermolovich ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ittifoq doirasida Yevroosiyo sanoat tovarlari reyestri faoliyat yuritmoqda. U davlat xaridlari siyosatidagi muhim vosita bo‘lib, YeOII ishlab chiqaruvchilari uchun yagona raqamli resurs hisoblanadi.
YeIK vakili YeOII mamlakatlaridan tovarlarning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlash mexanizmlari, Yevroosiyo sanoat tovarlari reyestrini shakllantirish tartibi, uning amaldagi holati va tuzilmasi, shuningdek yetkazib beruvchilar hamda buyurtmachilar tomonidan undan foydalanish tartibiga ham to‘xtaldi.
“YeOIIda mahalliylashtirilgan tovarlarning ko‘payib borayotgan ro‘yxati bilan Yevroosiyo reyestrining faoliyat yuritishi Ittifoq ichidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, ishlab chiqarish va vakolatlarni rivojlantirish uchun kuchli rag‘bat yaratadi, bu esa barcha ishtirokchi mamlakatlarning sanoat suverenitetini bevosita mustahkamlaydi”, — dedi Yermolovich.