Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya MV: Pasxa sulhi vaqtida Ukraina tomonidan 1971 ta sulh rejimi buzilishi qayd etildi

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Ukraina tomonidan Pasxa sulhi rejimi 1971-marta buzilgan. Avvalroq Vladimir Zelenskiy Kiyev sulhga amal qilishini bildirgan edi
Sputnik
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Rossiya Qurolli kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni Vladimir Putinning buyrug‘iga muvofiq, maxsus harbiy operatsiya hududidagi barcha qo‘shin guruhlari 11-aprel kuni soat 16:00 dan boshlab o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qat’iy rioya qilgan va avval egallab turgan marra hamda pozitsiyalarida qolgan.
Avvalroq Vladimir Zelenskiy Ukraina Pasxa bayrami munosabati bilan e’lon qilingan sulhga amal qilishini ma’lum qilgan edi.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, Pasxa sulhi e’lon qilinganiga qaramay, Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya pozitsiyalariga qator hujumlarni amalga oshirgan, ularning barchasi qaytarilgan.
Jumladan, Rossiya MO quyidagi holatlarni keltirgan:
Pokrovskoe tumanidan Dnepropetrovsk viloyatining Gay aholi punkti tomon ikki marta va Otradnoe yo‘nalishida bir marta tungi hujum uyushtirilgan;
Sumi viloyatining Kondratovka va Yangi Secha, shuningdek, Donesk Xalq Respublikasining Kalonika aholi punkti hududlarida Rossiya pozitsiyalariga bostirib kirishga to‘rt marta urinish bo‘lgan;
Kursk va Belgorod viloyatlari hududida samolyot tipidagi ikki uchuvchisiz uchish apparati qo‘llangan;
Rossiya chegara hududlari va qo‘shinlar pozitsiyalariga 258-marta ko‘p o‘q otish tizimlari, artilleriya, tank va minomotlardan zarba berilgan;
1329 marta FPV-dronlar bilan hujum qilingan;
375 marta turli o‘q-dorilar tashlangan, shundan 67-marta oktokopterlar va 15-marta samolyot tipidagi dronlar ishlatilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ta’kidlashicha, dronlar qo‘llangan hujumlar oqibatida tinch aholi vakillari, jumladan, bir nafar bola jarohat olgan.
Vazirlikka ko‘ra, 11-aprel soat 16:00 dan 12-aprel soat 08:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida jami 1971 ta sulh rejimi buzilishi qayd etilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin Pasxa sulhini e’lon qildi