Andijon delegatsiyasi Afg‘onistonda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Andijon viloyati delegatsiyasining Afg‘onistonga amaliy tashrifi doirasida mahalliy tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, savdo va logistikaga oid qator masalalar muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Andijon viloyati delegatsiyasining Afg‘onistonga amaliy tashrifi doirasida mahalliy tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov ishtirok etib, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qildi.
Muloqot chog‘ida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan taklif va muammolar eshitildi.
Xususan, viza tartibini yengillashtirish, o‘zaro hisob-kitob mexanizmlarini takomillashtirish, dori-darmon ayirboshlash jarayonlarini soddalashtirish, paxta uchun urug‘ ta’minoti hamda sement mahsulotlarini tashish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Delegatsiya Andijana obsudila voprosi biznesa v Afganistane
Tomonlar bildirilgan taklif va muammolarni qayd etib, ularni amaliy hal qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishga kelishib oldi.
Uchrashuv qatnashchilari bu kabi ochiq muloqotlar ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, o‘zaro ishonchni mustahkamlash va ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Farg‘onada Afg‘oniston tadbirkorlari bilan 67 mln dollarlik kelishuvlar imzolandi