TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Toshkentda 10-aprel kuni badiiy gimnastika bo‘yicha FIG Jahon kubogining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi MOQ.
Bu Sofiya, Boku va Milandagi turnirlarni ham o‘z ichiga olgan FIG Jahon kubogi seriyasining ikkinchi bosqichi. Turnir kattalar o‘rtasida individual va guruh mashqlaridan iborat.
Musobaqada O‘zbekiston sharafini Tahmina Ikromova va Lola Jo‘rayeva yakkalik bahslarida himoya qilishadi. Mumtozabonu Isxokzoda, Amaliya Mamedova, Evelina Ataliants, Yasmina Mkrtycheva, Yuliya Valevataya va Samira Ahmedova esa — guruh bahslarida ishtirok etadi.
V Tashkente nachalsya etap Kubka mira po xudojestvennoy gimnastike.
© Press-slujba NOK Uzbekistana
Tadbirda Xalqaro gimnastika federatsiyasi, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Milliy gimnastika federatsiyasi rahbariyati, shuningdek, sport muxlislari ishtirok etdi.
Marosimdan so‘ng, birinchi kunga rejalashtirilgan saralash musobaqalari boshlandi.
Bu yil 10-12 aprel kunlari davom etadigan turnirda 39 mamlakatdan 150 dan ortiq sportchi, jumladan, dunyoning yetakchi gimnastikachilari ishtirok etmoqda.
Bu yil 10-12 aprel kunlari davom etadigan turnirda 39 mamlakatdan 150 dan ortiq sportchi, jumladan, dunyoning yetakchi gimnastikachilari ishtirok etmoqda.
Badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi Xalqaro gimnastika federatsiyasi homiyligidagi rasmiy musobaqalar seriyasidir. U eng nufuzli turnirlardan biri hisoblanadi va Jahon chempionatlari, Olimpiya o‘yinlari va qit’a chempionatlari bilan bir qatorda rasmiy maqomga ega.
V Tashkente nachalsya etap Kubka mira po xudojestvennoy gimnastike.
© Press-slujba NOK Uzbekistana