TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Samaqandda "Sahnada Amir Temur qiyofasi" teatr festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
V Samarkande proxodit teatralniy festival "Obraz Amira Temura na ssene"
© Sputnik
"Sahnada Amir Temur qiyofasi" Respublika teatr festivali Bibixonim masjidi kirish qismida boshlandi. Samarqandga kelgan o‘nlab ijrochilar Sohibqiron davridagi liboslarda paydo bo‘lishdi.
Ular Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab tantanali yurish qildilar, Registon maydoniga tashrif buyurdilar va buyuk sarkarda haykali poyida turishdi.
V Samarkande proxodit teatralniy festival "Obraz Amira Temura na ssene"
© Sputnik
Festival ishtirokchilarini ko‘rgan yo‘lovchilar va sayyohlar o‘z hayratlarini yashira olmadilar va eng darhol ularni suratga olishga harakat qilishdi.
Festivalning rasmiy ochilishi viloyat musiqa va drama teatrida bo‘lib o‘tdi, unda tomoshabinlar aktorlar ishtirokidagi jonli prologdan zavqlanishdi. Shundan so‘ng festivalning birinchi spektakli namoyish etildi.
V Samarkande proxodit teatralniy festival "Obraz Amira Temura na ssene"
© Sputnik
Festival yana 3 kun davom etadi. Ushbu vaqt mobaynida O‘zbekistonning turli viloyatlaridan kelgan teatr truppalari Amir Temur shaxsi va davriga bag‘ishlangan spektakllarni namoyish etadilar.
Samarkand pogruzilsya v epoxu Temuridov: v gorode startoval teatralniy festival
© telegram sputnikuzbekistan