TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Buxoro xalqaro aeroportida mehmonni Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Qozog‘iston prezidenti sharafiga aeroportda milliy kuy-qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida davlat madhiyalari yangradi.
Bugun yetakchilar ikki tomonlama muzokara o‘tkazadilar. Shuningdek, Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qilish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish hamda boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.