TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Eron-AQSh muzokaralari bugun tushlikdan keyin Islomoboddagi Serena mehmonxonasida boshlanishi mumkin, deb xabar qilmoqda Eronning "Tasnim" axborot agentligi.
Eron va AQSh delegatsiyalar dastlab Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazishadi. Agar amerikaliklar Eron delegatsiyasining dastlabki shartlarini qabul qilsalar, muzokaralar tushlikdan keyin boshlanishi mumkin, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Eron muzokaralar boshlanishidan oldin Isroilning Livanga qarshi hujumlarini to‘xtatish va Eronning muzlatilgan aktivlarini sanksiyalardan chiqarishni talab qilmoqda.
Eron-AQSh muzokaralarining murakkabligi va yuqori sezgirligini hisobga olgan holda, har ikki delegatsiya, asosiy muzokarachilardan tashqari, zarur maslahatlashuvlar uchun texnik va ekspert qo‘mitalarini ham o‘z ichiga oladi.

Eron delegatsiyasi 71 kishidan iborat bo‘lib, uning tarkibiga asosiy muzokara guruhi, ekspert guruhlari, jurnalistlar, tarjimonlar va xavfsizlik guruhlari kiritilgan.
Delegatsiyaga Eron Xavfsizlik Kengashi raisi Muhammad Bager G‘olibaf boshchilik qilmoqda. Shuningdek delegatsiya tarkibida tashqi ishlar vaziri Sayid Abbos Arakchi, Markaziy bank rahbari Abdolnasser Hemmati va Milliy mudofaa kengashi a’zosi Ali Akbar Ahmadian ham bor.
AQSh delegatsiyasi 300 kishidan iborat bo‘lib uning tarkibiga asosiy muzokarachilardan tashqari, turli maslahatchilar va qo‘mita rahbarlari va ko‘p sonli xavfsizlik xodimlari bor. Delegatsiya Islomoboddagi AQSh elchixonasida joylashtirilgan.

Delegatsiyaga AQSh vitse-prezidenti J.D. Vens boshchilik qilmoqda. AQSh dastlab muzokaralarni prezident maxsus vakili Stiv Uitkoff va Jared Kushner olib borishini ma’lum qilishgan edi. Lekin Eron ushbu nomzodlarni xohlamasligini aytganidan so‘ng delegatsiya rahbari etib Vens tayinlandi.
Rossiya har ikkala tomonni Pokistondagi muzokaralarga mas’uliyatli yondashishga chaqirdi.
Moskva Pokistonda rejalashtirilgan Eron muzokaralarining barcha ishtirokchilarini mas’uliyatli yondashuvni namoyish etishga va ushbu muzokaralarni barbod qilishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlardan tiyilishga chaqiradi, deyiladi Rossiya TIV bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 8-aprel kuni AQSh prezidenti Eronning "10ta shartdan iborat Tinchlik rejasini bo‘lajak muzokaralarning asosi" sifatida qabul qilishini aytib ikki haftalik tinchlik o‘rnatilishi haqida dastlabki kelishuvga erishilgani e’lon qilgan edi. Lekin Isroil 9-aprel kuni Livanning turli shaharlariga ommaviy zarbalar berishni boshladi. Zarbalar oqibatida 300dan ortiq tinch aholi qurbon bo‘ldi. Eron "Isroilning Livanga zarbalarini to‘xtatish" Tinchlik shartnomasining muhim sharti ekanini aytib Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yana yopib qo‘ydi.