TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Mo‘g‘ulistonning Ulan Bator shahri mezbonligidagi kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini yakunlandi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, mazkur musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Oltin medal:
-65 kg: Abdulloh Madaminov
-80 kg: Fazliddin Erkinboyev
-90 kg: Halimjon Mamasoliyev
Kumush medal:
-75 kg: Javohir Abdurahimov
-85 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-75 kg: Aziza Zokirova
-80 kg: Ruxshona Parpiyeva
Bronza medal:
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov
-57 kg: Nigina O‘ktamova
-70 kg: Oysha Toirova
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva
Umumjamoa hisobida O‘zbekiston uchinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rin Qozog‘istonga, ikkinchi o‘rin esa Hindiston sportchilariga nasib etdi.