Amir Temur haqida xalqaro konferensiya boshlandi, prezident ishtirokchilarga tabrik yo‘lladi

Toshkentda o‘tayotgan anjumanda 15 mamlakatdan olimlar temuriylar merosini muhokama qilmoqda. Davlat rahbari tadbir qatnashchilariga tabrik yo‘lladi
Sputnik
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Toshkentda Amir Temur va Temuriylar sivilizatsiyasining jahon tarixi va madaniyatidagi roliga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya boshlandi. Konferensiyada 15 ta mamlakatdan 250 nafardan ortiq ilmiy birlashmalar vakillari ishtirok etmoqda, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Prezident Shavkat Mirziyoyev konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘llab, Amir Temur merosini chuqur o‘rganish, uning jahon tarixi va tamaddunidagi o‘rnini keng targ‘ib etish, shuningdek, bu boy merosni yosh avlodga ilmiy va ma’rifiy asosda yetkazish muhimligini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, yubiley tadbirlari doirasida xalqaro konferensiyalar, uchrashuvlar va ma’rifiy loyihalarni o‘tkazish, “Temur tuzuklari”ni qator xorijiy tillarda nashr etish hamda temuriylar davri manbalariga oid elektron platformani ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyati