O‘zbekiston rossiyaliklar uchun mayda eng arzon xorijiy yo‘nalishlardan biri bo‘ladi

“Yandeks Sayohat” tadqiqotiga ko‘ra, 2026-yil may bayramlarida O‘zbekiston rossiyaliklar uchun yashash va parvozlar umumiy qiymati bo‘yicha eng arzon xorijiy yo‘nalishlardan biri bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Belarus 2026-yil may oyida rossiyaliklarning dam olishi uchun yashash va parvozlarning umumiy qiymati bo‘yicha eng arzon xalqaro yo‘nalishlardan biri bo‘ladi. Bu haqda TASS “Yandeks Sayohat” tadqiqoti ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Tadqiqotga ko‘ra, may bayramlari davrida Belarusda yashash va parvozning umumiy qiymati 23,5 ming rublni tashkil etgan. O‘zbekistonga sayohat 24,4 ming rubl, Qozog‘istonga esa 28,7 ming rublga baholangan. Eng qimmat xorijiy yo‘nalishlar esa Qirg‘iziston — 41,4 ming rubl, Turkiya — 42,8 ming rubl va Xitoy — 48,4 ming rubl bo‘lgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda mamlakatga turizm maqsadida 984,4 ming rossiyalik kelgan. 2026-yilning yanvar–fevral oylarida esa Rossiyadan 123 ming nafar sayyoh tashrif buyurgan.
O‘zbekistonga qiziqishning saqlanib qolayotgani transport jihatdan qulaylik bilan ham izohlanadi. "Uzbekistan Airways" ma’lumotlarida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch va boshqa shaharlardan Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Samara, Tumen, Ufa, Yekaterinburg va Novosibirsk kabi Rossiya shaharlariga parvoz yo‘nalishlari ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi ham so‘nggi yillarda viza tartib-taomillari soddalashtirilayotgani, transport va mehmonxona infratuzilmasi modernizatsiya qilinayotgani, yangi turistik yo‘nalishlar yaratilayotganini qayd etgan.
Matbuot markazi
Nima uchun sayyohlar tobora ko‘proq O‘zbekistonni tanlamoqda?