Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Mirziyoyeva kengashning birinchi yig‘ilishi Toshkentda o‘tkazilishi haqida xabar bergan edi. Noyabr oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlar va sarmoyadorlar kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Kengash ikki mamlakat kompaniya va idoralarining strategik biznes tashabbuslari, yirik investitsiya va savdo loyihalarini ishlab chiqish va kelishishni muvofiqlashtiradi hamda ularning amalga oshirilishini doimiy monitoring qilib boradi.
Shuningdek, kengash doirasida O‘zbekistonga qo‘shimcha Amerika investitsiyalarini jalb qilish, shuningdek, eng muhim infratuzilmaviy va strategik loyihalarni moliyalashtirish va xatarlarni taqsimlash uchun yirik xalqaro moliya institutlarini (YeTTB, XMK, OTB) jalb qilish maqsadida maxsus investitsiya fondi tashkil etiladi.