Narxlarni barqaror saqlash uchun go‘sht va nasldor qoramol importchilariga subsidiya beriladi

Prezident qarori go‘sht mahsulotlari narxini barqarorlashtirish uchun import xarajatlarining bir qismi hamda nasldor qoramol olib kirishni vaqtincha subsidiyalashni nazarda tutadi.
Sputnik
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Tadbirkorlarga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda vaqtinchalik subsidiya ajratiladi. Bu grezident imzolagan “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, go‘sht mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash maqsadida budjetdan ikki yo‘nalishda vaqtinchalik subsidiyalar ajratiladi.
Xususan, 1-apreldan 1-avgustga qadar tadbirkorlarga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda ularni havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori har bir kilogramm go‘sht uchun 0,8 dollardan oshmasligi kerak.
Shuningdek, 1-apreldan 31-dekabrga qadar xorijiy davlatlardan havo transporti orqali import qilingan nasldor qoramol qiymatining 10 foizi ham subsidiya qilinadi. Bu holatda to‘lov miqdori har bir bosh qoramol uchun 4 million so‘mdan oshmaydi.
Hujjatga muvofiq, ushbu subsidiyalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan moliyalashtiriladi
O‘zbekiston Rossiyadan eng ko‘p tirik qoramol sotib olgan davlatga aylandi