"14 milliondan ortiq jasur eronliklar shu paytgacha Eronni himoya qilish uchun jonini fido qilishga tayyorligini bildirgan. Men ham o‘zimni qurbon qildim, qurbon qilyapman va qurbon qilaman", - deb yozdi Pezeshkiyon o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
"Pentagon hujum qilishi mumkin bo‘lgan Eron energetika obektlari ro‘yxatini kengaytirmoqda, unga tinch aholini ham, harbiylarni ham ta’minlaydigan obektlar ro‘yxati kiritilgan. Agar ma’muriyat infratuzilmaga zarba bergani uchun harbiy jinoyatlarda ayblansa, bu ehtimoliy aylanma yo‘ldir", - deb yozadi nashr.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi.
AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.
Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi va kemalar faqat Eron bilan kelishilgan tartibda undan o‘tishi mumkinligini e’lon qildi. Buning ortidan jahon bozorlarida neft narxi oshishni boshladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi. Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.