Denovdagi "propan zapravka"da yong‘in: 2 kishi jarohatlandi, halok bo‘lganlar yo‘q

FVVga ko‘ra, Denovdagi gaz quyish shoxobchasidagi yong‘in oqibatida ikki kishi yengil kuyish tan jarohati olgan, halok bo‘lganlar yo‘q.
Sputnik
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. 7 aprel kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi propan gaz quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa “Oqtom” MFYda joylashgan shoxobchada “KAMAZ” rusumli maxsus avtomobildan sig‘imga propan quyish vaqtida sodir bo‘lgan.
Xabar 08:24 da kelib tushgan. Hodisa joyiga 5 ta qutqaruv bo‘linmasi 08:39 da yetib borib, yong‘in 08:42 da o‘rab olingan va soat 10:10 da o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, sig‘im yorilishiga propan gazini bo‘shatish paytida texnologik jarayon buzilgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Voqea joyida FVB, IIB, SSB hamda “Hududgazta’minot” xodimlari ish olib bormoqda
Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro, shundan bir nafari 10 foiz, yana bir nafari 3-4 foiz yengil kuyish tan jarohati olgan. Ahvollari yaxshi.
Qo‘shimcha qilinishicha, halok bo‘lganlar yo‘q.
Chilonzordagi Beshqo‘rg‘on bozorida katta yong‘in sodir bo‘ldi: tafsilotlar