TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro farmatsevtika savdosini 500 million dollarga yetkazish rejalashtirmoqda.
Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizovning Kobul shahriga xizmat safari doirasida Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha ma’lum qilindi.
Mazkur maqsadga erishish uchun qo‘shma operativ ishchi guruh tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.
Uzbekistan i Afganistan planiruyut dovesti torgovlyu farmproduksiyey do 500 millionov dollarov
© Agentstvo po razvitiyu farmatsevticheskoy otrasli
Shuningdek:
Afg‘onistonda GDP (Good Distribution Practice) standartlari asosida hamkorlikni rivojlantirish;
yirik distribyutorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi takliflar ilgari surildi.
Tomonlar texnik ishchi guruh tuzish, axborot almashuvini kuchaytirish hamda yaqin istiqbolda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarni imzolash muhimligini alohida ta’kidladilar.