TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Kiprning Pafos shahrida o‘tayotgan FIDE Nomzodlar turniri 7-turida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov niderlandiyalik Anish Giri bilan 0,5:0,5 hisobida durang o‘ynadi.
Ushbu natijadan keyin Sindarov 6 ochko bilan musobaqa jadvalida yakkapeshqadam bo‘lib qolmoqda. U yaqin ta’qibchisi Fabiano Karuanadan 1,5 ochko oldinda bormoqda.
8-turda Sindarov qora donalarda rossiyalik Andrey Yesipenkoga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvlar 7-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi. 6-aprel esa musobaqada dam olish kuni etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi FIDE Nomzodlar turnirining eng kam umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etadi. Shundan 700 ming yevro erkaklar turniriga, 300 ming yevro ayollar turniriga ajratilgan.