TOShKENT, 5 apr — Sputnik. 5 aprel kuni 15:56 da Toshkent shahrining Chilonzor tumani, Toshkent katta xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan “Beshqo‘rg‘on” bozorida do‘kon yonayotganligi haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga kְo‘ra, qutqaruvchi ekipajlar voqea joyiga zudlik bilan yetib bordi va vaziyat to‘liq nazorat ostiga olindi. Yong‘in 16:53 da qurshab olindi va 18:18 da to‘liq o‘chirildi.
Yong‘in oqibatida tan-jarohat olganlar haqida xabar kelmadi. Hozirda yong‘in sababi va ehtimoliy moddiy zarar aniqlanmoqda.