TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev huzurida to‘lovga qobiliyatsizlik institutini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda qayd etilishiga ko‘ra, Respublikada tadbirkorlik ildam rivojlanishi bilan bir qatorda faoliyat ko‘rsatmayotgan va faoliyati tugatilgan kichik korxonalar sonining o‘sish tendensiyasi kuzatilayotgani qayd etildi.
Ushbu vaziyatda, amaldagi tizimi yaratilgan korxonalar va ish o‘rinlarini saqlab qolish, moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlashga emas, ko‘proq uning faoliyatini rasmiy tugatishga qaratilgani qayd etildi.
Xususan, moliyaviy ahvoli og‘irlashgan 93 mingta tadbirkorning atigi 10 mingtasi bo‘yicha to‘lovga qobiliyatsizlik ishi qo‘zg‘atilgan. So‘nggi besh yilda atigi 68 ta korxonaga sanatsiya taomili qo‘llanilgan, shundan ham faqatgina 7 tasining faoliyati tiklangan.
Pri Minyuste Uzbekistana sozdadut Agentstvo po delam o neplatejesposobnosti
© telegram sputnikuzbekistan
Sud boshqaruvchilari faoliyati ham tanqidiy ko‘rib chiqildi. Qator holatlarda ish yuritish muddatlari buzilgani, asossiz xulosalar berilgani, soxta bankrotlik alomatlari o‘z vaqtida o‘rganilmagan.
Mavjud muammolar tufayli, sohada davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi yondashuvlar taklif qilindi:
Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha agentlik tashkil etish taklif qilindi. Ushbu tuzilma sohada yagona davlat siyosatini yuritish, davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, bankrotlik omillarini tahlil qilish va bartaraf etish choralarini ko‘rish, korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi.
Yangi moliyaviy mexanizmlar - moliyaviy ahvoli og‘ir biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi mexanizmlar taqdimot qilindi. Jumladan, kichik va o‘rta tadbirkorlar uchun Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi orqali kafillik berish, Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi orqali tijorat banklarida past foizli kredit liniyalari ochish orqali korxonalarni moliyaviy tiklashga ko‘maklashish.
Bunda tijorat banklari ajratgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz va foizlar sanatsiya yakunlangunga qadar kechiktiriladi, kredit sanatsiya yakunlanganidan so‘ng 3-yil ichida qaytariladi, kredit qarzdorligini restrukturizatsiya qilish asoslari yaratiladi.
Bunda tijorat banklari ajratgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz va foizlar sanatsiya yakunlangunga qadar kechiktiriladi, kredit sanatsiya yakunlanganidan so‘ng 3-yil ichida qaytariladi, kredit qarzdorligini restrukturizatsiya qilish asoslari yaratiladi.
Soliq va kredit qarzdorligini kechiktirib to‘lash hamda restrukturizatsiya qilish tartiblarini soddalashtirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari ayrim soliqlar bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berishi, shuningdek, bunday mexanizmlar garov, bank kafolati yoki sug‘urta polisi asosida soliq organlari tomonidan ham qo‘llanishi mumkin bo‘ladi.
Sudgacha sanatsiya choralari kengaytiriladi. Bunda kreditorlar bilan kelishuv, moliyaviy yordam jalb qilish, soliq va kredit to‘lovlarini kechiktirish, qarzlarni sotib olish, ishlab chiqarishni qayta ixtisoslashtirish va boshqa vositalardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik ishlarining yagona elektron platformasini ishga tushirish taklif qilindi. U yerda to‘lovga qobiliyatsizlik ishi yuritilayotgan shaxslar, sanatsiya qo‘llanilayotgan korxonalar va sud boshqaruvchilari reyestrlari yuritiladi. Mazkur tizim jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari uchun ochiq bo‘ladi.
Bu orqali sohada ochiqlikni ta’minlash, ma’lumot almashinuvini tezlashtirish, nazorat va monitoringni kuchaytirish, arizalarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish imkoni paydo bo‘ladi.
Prezident tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda yangi korxonalar tashkil etish bilan cheklanib qolmasdan, ishlab turgan biznesni saqlab qolish, vaqtincha qiyinchilikka uchragan korxonalarga o‘z vaqtida ko‘mak berish, ularni iqtisodiy faollikka qayta olib chiqish lozimligini ta’kidladi.