TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Eron diniy ulamolari Ali Xomanaiyning atom bomba yaratmaslik haqidagi fatvosini qayta ko‘rib chiqishga ruxsat so‘rab murojaatnoma yubordi.
Unda aytilishiga ko‘ra, oldingi fatvo qabul qilingan vaqtda o‘sha davrning sharoitldari hisobga olingan va u fatvo "Islomning tinchlik, adolat va ommaviy qirg‘in qurollarini taqiqlashga bo‘lgan chuqur sadoqatining namoyon bo‘lishiga aylandi va xalqaro miqyosda Islom tizimining g‘ururi ramzi sifatida tan olingan".
Lekin bugungi kunda misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar sodir bo‘lgan va ular Islom Respublikasining yaxlitligiga tahdid solmoqda va shu sabablan avvalgi fatvolarni qayta ko‘rib chiqish mumkin va zarur.

"Mavjud tahdidlarga qarshi qonuniy himoya zaruratini hisobga olgan holda, avvalgi ba’zi fatvolarni qayta ko‘rib chiqish nafaqat mumkin, balki ba’zi hollarda zarur bo‘lib tuyuladi, toki Islom tizimi dushman fitnalariga qarshi maksimal darajada to‘xtatuvchi va xavfsizlik kafolatiga ega bo‘lsin", - deyiladi murojaatda.
Shu bilan birga Eron ulamolari "oldindan hech qanday qaror qabul qilmaganini va chuqur o‘rganish va tashvish ruhi bilan buni Oyatullohga eslatib o‘tmoqchi ekanliklarini qayd etishgan.
"Oliy Rahbardan kutilgan aniqlik va chuqurlik bilan, siz ushbu muhim va strategik masala bo‘yicha ijtihod qilishingiz va Ummatning rahbarligi va Islom inqilobini himoya qilish uchun o‘zingizning to‘g‘ri fikringizni e’lon qilishingiz mumkin", - deyiladi murojaatnomada.

Murojaatnoma Qum, Mashhad, Isfahon va Xovozaning boshqa markazlaridagi diniy ta’lim muassasalaridan bir guruh hurmatli olimlar, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab o‘qituvchilar va tadqiqotchilar nomidan yo‘llangan.