TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Eron harbiylari amerikalik F-35 qiruvchi samolyoti uchuvchisini qo‘lga olgan bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi "Tasnim" axborot agentligi.
"Ba’zi manbalarda uchuvchi Eron harbiylari tomonidan qo‘lga olingan bo‘lishi mumkin", deyiladi xabarda.
Xabarga ko‘ra, uchuvchi bugun ertalab Eron havo mudofaasi Amerika qiruvchi samolyotini urib tushirganidan keyin samolyotdan katapulta qilgan. Eron OAVlarida AQSh uchuvsichining o‘rindig‘i va parashuti aks etgan suratlar ham tarqalgan edi.
Bir necha soat oldin Eron chegarsi yaqinida AQSh vertoloti kuzatilgan edi. Ta’kidlanishicha, u uchuvchiga Eron hududini tark ketishga yordam berishga uringan.
Bir necha soat oldin Eron chegarsi yaqinida AQSh vertoloti kuzatilgan edi. Ta’kidlanishicha, u uchuvchiga Eron hududini tark ketishga yordam berishga uringan.
"Xatam al-Anbiya" harbiy qo‘mondonligining markaziy shtabi ilgari F-35 qiruvchi samolyotining yo‘q qilingani haqida xabar bergan edi.
Eron Islom Inqilobi qo‘riqchilari korpusi ma’lum qilishiga qo‘ra, bu Eron harbiy kuchlari tomonidan urib tushirilgan ikkinchi F-35 samolyotidir. Oldingi voqea 19-mart kuni sodir bo‘lgan. Unda Eron kuchlari samolyotga jiddiy shikast yetganini ma’lum qilgan edi. Pentagon o‘z navbatida qiruvchi samolyotning Yaqin Sharqdagi aviabazaga favqulodda qo‘nganini tasdiqladi.