TOShKENT, 2 apr — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil fevral oyida 8 tonna oltin sotib oldi. Natijada mamlakatning oltin zaxiralari 407 tonnaga yetdi va bu umumiy xalqaro zaxiralarning 88 foizini tashkil qildi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council) ma’lum qildi.
WGC hisobotidan kelib chiqib, O‘zbekiston fevralda oltinni ketma-ket beshinchi oy xarid qildi.
Yanvar–fevral yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin xaridorlari orasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Fevral oyida Polsha 20 tonna fevral xaridi bilan eng katta xaridor bo‘lgin.
Fevraldagi boshqa xaridorlar qatorida Chexiya va Malayziya har biri 2 tonnadan, Xitoy va Kambodja esa har biri 1 tonnadan oltin sotib oldi. Shu oyda dunyo Markaziy banklari sof hisobda 19 tonna oltin xarid qildi. Yanvar oyida esa 5 tonna sotib olgan edi. Bunda “sof xaridlar” Markaziy banklar tomonidan sotib olingan va sotilgan oltin o‘rtasidagi farqni anglatadi.
Fevralda sof sotuvchilar ham qayd etildi: Turkiya 8 tonna, Rossiya esa 6 tonna oltin zaxiralarini qisqartirdi.