Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Malaya Korchakovkani ozod qildi — operatsiya tafsilotlari ochiqlandi

Rossiya Mudofaa vazirligi Malaya Korchakovka ustidan nazorat o‘rnatilganini ma’lum qildi. Operatsiyada dronlar, artilleriya va hujumchi bo‘linmalar qo‘llangan.
Sputnik
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining “Shimol” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Sumi viloyatidagi Malaya Korchakovka aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, dushmanni Malaya Korchakovkadan siqib chiqarish 44-armiya korpusining 30-motoo‘qchi polki bo‘linmalarining muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida amalga oshirildi.
Qayd etilishicha, dastlab dronchilar va artilleriyachilar ukrainalik xarbiylarning o‘t ochish nuqtalari hamda zaxiralariga zarba bergan. Shundan so‘ng hujumchi bo‘linmalar qishloqqa kirib, u yerda mustahkamlanib olgan va barcha binolar hamda yerto‘lalarni tozalagan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya MV: Lugovskoe ozod qilinishida 7 kv km dan ortiq hudud nazoratga olindi