TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining “G‘arb” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Lugansk Xalq Respublikasini ozod qilishni yakunladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, “G‘arb” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Xarkov viloyatining Grushevka, Gusinka, Mayak, Monachinovka, Nechvolodovka, Palamarevka va Prosanka aholi punktlari, shuningdek, DNRning Krasniy Liman va Yaskovka hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining beshta mexanizatsiyalashgan brigadasi, Bosh shtab qo‘riqlash brigadasi hamda ikkita hududiy mudofaa brigadasining shaxsiy tarkibi va texnikasiga talofat yetkazdi.
Shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, “Shimol” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Xarkov viloyatining Yuqori Pisarevka aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatgan.
“Sharq” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari esa qat’iy harakatlar natijasida Zaporojye viloyatining Boykovo aholi punktini ozod qilgan.
“Dnepr” qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari taktik vaziyatni yaxshilab, Zaporojye viloyatining Grigorovka va Orexov aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining tog‘-hujum va hududiy mudofaa brigadalari shaxsiy tarkibi hamda texnikasiga zarba bergan.
Bundan tashqari, “Markaz” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari oldingi chiziqda vaziyatni yaxshilagan bo‘lsa, “Janubiy” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari ancha qulay marra va pozitsiyalarni egallagan. Rossiya Mudofaa vazirligi bu natijalarni turli yo‘nalishlardagi jang harakatlarining kunlik yakunlari sifatida keltirgan.