Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi rasman ochildi — sara suratlar

Ramazon hayiti arafasida poytaxtda Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy-ma’rifiy loyihalardan biri — Islom sivilizatsiyasi markazi ish boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Ramazon hayiti arafasida o‘z eshiklarini ochgan mazkur majmua qisqa vaqt ichida minglab tashrif buyuruvchilarni qabul qildi. Markaz nafaqat muzey, balki ilmiy tadqiqot, ta’lim va ma’rifiy faoliyatni o‘zida mujassam etgan zamonaviy kompleks sifatida e’tirof etilmoqda.
Hazrati Imom majmuasi yonidagi 10 gektar hududda barpo etilgan ushbu markaz Markaziy Osiyoning boy sivilizatsion merosi, buyuk allomalarning ilmiy kashfiyotlari va islom madaniyatini keng yoritadi. Ekspozitsiyalar “Sivilizatsiyalar, shaxslar, kashfiyotlar” konsepsiyasi asosida tashkil etilgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilarga tarixiy jarayonlarni interaktiv shaklda anglash imkonini beradi.
1 / 20
2 / 20
3 / 20
4 / 20
5 / 20
6 / 20
7 / 20
8 / 20
9 / 20
10 / 20
11 / 20
12 / 20
13 / 20
14 / 20
15 / 20
16 / 20
17 / 20
18 / 20
19 / 20
20 / 20
“Bu markaz ajdodlarimiz merosini nafaqat asrash, balki uni butun dunyoga yetkazishga xizmat qiladigan noyob ilm-ma’rifat maskaniga aylandi”.
Ayniqsa, VII asrga mansub Usmon mushafining markazga joylashtirilgani jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, zamonaviy kutubxona, ilmiy laboratoriyalar va multimedia texnologiyalari bilan jihozlangan ko‘rgazma zallari markazning innovatsion salohiyatini namoyon etmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, markaz nafaqat milliy merosni saqlash, balki uni xalqaro miqyosda targ‘ib etishda ham muhim o‘rin tutadi. Qisqa vaqt ichida u xalqaro ekspertlar va sayyohlar diqqatini jalb etib, O‘zbekistonning madaniy diplomatiyasida yangi bosqichni boshlab berdi.