TOShKENT, 1 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 1-maydan aliment bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganda, qarz to‘liq bartaraf etilguniga qadar qarzdorga alohida yirik bitimlarni amalga oshirish hamda ayrim turdagi moliya-kredit va davlat xizmatlaridan foydalanish cheklanadi.
Bu prezidentning “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini raqamlashtirish va samaradorligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida nazarda tutilgan.
Shuningdek, farmon bilan ayrim toifadagi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdor vafot etganda, vafot etgan deb e’lon qilinganda yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganda, unga nisbatan yuritilgan ijro ishlarini davlat ijrochisi qarori bilan tugatish amaliyoti joriy etiladi.
Bundan tashqari, muammoli kreditlar bo‘yicha ijro hujjatlari asosida yuzaga kelgan majburiyatlarni undirish bilan bog‘liq harakatlar ixtisoslashtirilgan davlat ijrochilari zimmasiga yuklatiladi.