TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Filippinda o‘tgan velosportning trek va para velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
25-31 mart kunlari bo‘lib o‘tgan musobaqada O‘zbekiston sportchilari yoshlar va kattalar o‘rtasida jami 24 ta oltin, 11 ta kumush va 9 ta bronza, umumiy hisobda 44 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Sbornaya Uzbekistana zanyala pervoe mesto v obshem komandnom zachete na chempionate Azii.
© Federatsiya velosipednogo sporta Uzbekistana
Ularning 21 ta oltini, 10 ta kumushi va 5 ta bronzasi para sportchilar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Bu natija O‘zbekiston uchun tarixiy bo‘ldi: terma jamoa Osiyo chempionatida ilk bor jamoaviy dasturda shohsupaga ko‘tarildi va birinchi marta 24 ta oltin medalga erishdi.
Sbornaya Uzbekistana zanyala pervoe mesto v obshem komandnom zachete na chempionate Azii.
© Federatsiya velosipednogo sporta Uzbekistana
Musobaqada qit’aning 20 ta davlati sportchilari ishtirok etdi. O‘zbekiston jamoasi chempionatda Olga Zabelinskaya, Yoxan Dornbush, Dilmurod Siddiqov va Rinata Boymetovalar boshchiligida qatnashdi.