Matbuot markazi

"Sputnik" matbuot markazida O‘zbekiston va Rossiya turizmi muhokama qilinadi

Videoko‘prik shaklidagi muloqotda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlik almashinuvi, yangi yo‘nalishlar, aviaqatnovlar, MITT ko‘rgazmasi yakunlari va Yaqin Sharqdagi vaziyatning sohaga ta’siri muhokama qilinadi
Sputnik
TOShKENT, 31 mar – Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida “Sharq sehri: O‘zbekiston va Rossiya yangi sayyohlik mavsumini ochmoqda” mavzusida Toshkent–Moskva videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir 1-aprel kuni O‘zbekiston vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi.
Toshkentdagi ishtirokchi:
O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi Marketing siyosati boshqarmasi boshlig‘i Aziz Mirjalilov.
Moskvadagi ishtirokchi:
Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasining (ATOR) xalqaro turizm bo‘yicha vitse-prezidenti Artur Muradan.
Tadbir yangi sayyohlik mavsumi boshlanishi hamda O‘zbekiston delegatsiyasining Moskvadagi MITT xalqaro ko‘rgazmasida ishtiroki yakunlariga bag‘ishlanadi. Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator uchrashuvlar o‘tkazilgan.
Ma’ruzachilar ikki mamlakat o‘rtasidagi sayyohlik almashinuvining hozirgi dinamikasi, sayyohlar oqimini ko‘paytirish istiqbollari, aviaqatnovlar va qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.
Shuningdek, ikki mamlakat turoperatorlari o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari, yangi turistik mahsulotlarni ilgari surish, turizmni rivojlantirish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashda xalqaro ko‘rgazmalar hamda tarmoq maydonchalarining o‘rni haqida ham so‘z yuritiladi.
Yaqin Sharqdagi vaziyatning sayyohlar oqimi, logistika va yo‘nalish tanloviga ta’siri ham alohida ko‘rib chiqiladi.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev