Koreya kompaniyalari bilan lift ishlab chiqarish va suv ta’minoti bo‘yicha kelishuvga erishildi

Koreyaga tashrif doirasida O‘zbekiston suv ta’minoti infratuzilmasini yangilash va zamonaviy lift-eskalatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishdi.
Sputnik
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Koreya Respublikasi kompaniyalari bilan O‘zbekistonda suv ta’minoti tizimlarini yangilash, shuningdek zamonaviy lift va eskalatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Kelishuvlar investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov boshchiligidagi ishchi guruhning Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida erishildi.

Muloqotlarda Koreya Milliy sug‘urta xizmati, shuningdek, "SK Bioscience", "TKG Aikang", "Saehan Elevator" va "Cellpot" kabi yirik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvlarda O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, tibbiy sug‘urta tizimini takomillashtirish, vaksinalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va biotexnologiya klasterini barpo etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi sohasida ham ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish va ko‘chatchilik markazlarini tashkil etish rejalari ko‘rib chiqildi.
Mirziyoyev Koreya delegatsiyasini qabul qildi: nodir metallar va raqamlashtirish muhokama qilindi