TOShKENT, 31 mar — Sputnik. “G‘ildirakdagi mehmonxona” sifatida e’tirof etilgan "Orient Silk Road Express" sayyohlik poyezdi Toshkentdan tantanali ravishda jo‘nab ketdi. Shu tariqa 2026-yilgi temir yo‘l turizmi mavsumiga rasman start berildi.
Sayyohlik poyezdi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ va Germaniyaning "Lernidee Erlebnisreisen" kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Unda 11 ta davlatdan 82 nafar sayyoh safarga chiqdi.
Sayyohlar Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Shveysariya, Avstriya, Avstraliya, Kanada, Lyuksemburg, Singapur va Ispaniyadan kelgan.
Tur dasturi doirasida mehmonlar Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivaga tashrif buyuradi. Ular poyezddagi qulay sharoitlar, boy ekskursiya dasturlari hamda O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Turisticheskiy poyezd "Orient Silk Road Express" otpravilsya iz Tashkenta
© AO "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi"
Marshrut Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab tuzilgan bo‘lib, to‘rt davlatni o‘zaro bog‘laydi. O‘zbekiston hududidagi sayohat 9 kun davom etadi.
Mazkur reys 2026-yilga mo‘ljallangan 12 ta sayyohlik poyezdlari qatnovining birinchisi hisoblanadi.