"Tamaraxonim men hayotda ko‘rgan eng quvnoq inson edi. Kichkinaligimda sahna ortida ko‘p bo‘lardim va uning barcha raqslarini ko‘rardim", - dedi Salohova jurnalistlar bilan suhbatda.
"Men Tamaraxonimning o‘zi bilan ishlaganman. Hozirda rekonstruksiya qilinayotgan muzeyni birgalikda ochdik, uni 18-may kuni ochishni rejalashtirmoqdamiz. Butun dunyoda Tamaraxonimdek shaxs yo‘q va bu bizning yutug‘imiz, uni asrab-avaylashimiz kerak", - dedi u.
"Bu sanani minnatdorlik bilan, yorqin nishonlayotganimiz juda yaxshi. Chunki Tamaraxonim - afsonaviy ayol. U nafaqat raqqosa, balki o‘zbek san’atining shakllanishi va yuksalishiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk madaniyat arbobidir. U Marg‘ilonda, arman oilasida tug‘ilib, o‘zbek xalqining kodini, DNKsini o‘ziga singdirdi va mamlakatimizni butun dunyoga mashhur qildi", - deya konsertdan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi taniqli jurnalist Elmira Tuxvatullina.