Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya MV: Lugovskoe ozod qilinishida 7 kv km dan ortiq hudud nazoratga olindi

Lugovskoe uchun janglar natijasida Ukraina qo‘shinlarining 7 kvadrat kilometrdan ortiq mudofaa hududi nazoratga olingan va 150 tadan ortiq pozitsiya tozalangan.
Sputnik
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. "Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasi ichkarisiga siljishni davom ettirib, faol harakatlar natijasida Zaporojye viloyatidagi Lugovskoe aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, operatsiya davomida Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina qo‘shinlarining yetti kvadrat kilometrdan ortiq mudofaa hududini nazorat ostiga olgan, ikki vzvoddan ortiq jonli kuchini yo‘q qilgan, shuningdek, 150 tadan ortiq inshoot va mustahkamlangan pozitsiyani tozalagan.
Idoraning aniqlik kiritishicha, aholi punkti “Sharq” guruhining 35-armiyasiga qarashli 1198-motoo‘qchi polk harbiylari tomonidan ozod qilingan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ta’kidlashicha, Lugovskoe ustidan nazorat o‘rnatilishi guruh bo‘linmalarining taktik holatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini bergan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyati va DXRda ikki aholi punktini ozod qildi