TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyati va Donesk Xalq Respublikasidagi ikki aholi punktini nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, "G‘arb" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalarining qat’iy harakatlari natijasida Xarkov viloyatidagi Kovsharovka va DXRdagi Brusovka aholi punktlari egallangan.
Shuningdek, operativ-taktik aviatsiya, zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari, raketa qo‘shinlari va artilleriya harbiy aerodromlardagi aviatsiya texnikasiga, Ukraina Qurolli Kuchlari manfaatlari uchun ishlatilayotgan energetika hamda transport infratuzilmasi obyektlariga, uzoq masofali dronlarni uchirish maydonlariga, shuningdek, "Flamingo" qanotli raketalarini saqlash joylariga zarba bergani aytildi.
Xabarda, bundan tashqari, Ukraina qurolli tuzilmalari va xorijiy yollanma askarlarning 143 ta hududdagi vaqtinchalik joylashuv punktlari ham nishonga olingani qayd etilgan.