TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari yadroviy qurol larni topshirishni o‘z ichiga olishi kerak, deb ta’kidlaydi Vladimir Zelenskiy.
"Ular bizga: Biz sizga NATOga a’zolikni va yadro qurollarni beramiz - deyishlari kerak", - deb uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Strana.ua.
Kiyev rejimi rahbari o‘z so‘zlarini yadroviy qurolga ega bo‘lgan davlatni mag‘lub etishning iloji yo‘qligini bilan oqladi.
Mart oyi boshida Parij va London Kiyevga yadroviy bomba yoki hech bo‘lmaganda "iflos" bombani topshirishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Bunday qurollardan biri sifatida TN75 - suv osti kemasidan uchirilgan ballistik raketaning kichik o‘lchamli jangovar kallagi ko‘rib chiqilayotgani aytilgan edi. Lekin bunday amaliyot xalqaro huquqni buzadi, shuning uchun yevropaliklar buni go‘yo Ukrainaning o‘zi bunday qurolni ishlab chiqargandek ko‘rsatishni xohlayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidlaganidek, Rossiya o‘zining keyingi qadamlarida bu ma’lumotlarni hisobga oladi. Mojarolarni hal qilish bo‘yicha muzokaralar davomida Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Ukrainaning ommaviy qirg‘in qurollarini sotib olishi ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishga olib kelishi haqida ogohlantirdi.
Davlat Dumasining Xalqaro ishlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Vacheslav Nikonov bir kun oldin parlament a’zolari Vashingtonga tashrifi davomida amerikalik hamkasblari bilan yadroviy qurollarni tarqatmaslik masalasini muhokama qilishganiga aniqlik kiritdi.