TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Toshkentda MDU (MGU) filialining 20-yilligi nishonlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Tadbirda so‘zga chiqqan Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vaziri Qongratbay Sharipov aytishiga ko‘ra O‘zbekiston yoshlarida Rossiya universitetlarida o‘qishga qiziqish ortib bormoqda.
"Hozirda O‘zbekistonda Rossiyaning yetakchi universitetlarining 15 ta filiali muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ulardan 11 tasi 2018-2025 yillar oralig‘ida ochilgan. Ushbu Rossiya filiallarida jami 9000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda va 435 nafar professor-o‘qituvchilar ishlaydi", - dedi u.
MDU Toshkent filiali
M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining (MGU) Toshkent filiali 2006-yil 24-fevralda PQ-290 sonli qarori asosida tashkil etilgan. Oliygoh filiali Toshkent shahri Amir Temur shoh ko‘chasi 22-uyda joylashgan.
Hozirda universitetda Amaliy matematika va informatika, Psixologiya, Menejment, Filologiya, Reklama va jamoatchilik bilan aloqalar hamda O‘qituvchilarni tayyorlash kabi fakultetlarda taxminan 1000 nafar bakalavr talabalari tahsil olmoqda. 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab 21 nafar talaba tahsil olayotgan Siyosatshunoslik bo‘yicha yangi magistratura dasturi ishga tushirildi.
O‘tgan 20-yil ichida 1500 dan ortiq talaba Moskva davlat universitetida bakalavr va magistr darajalarini oldi. MGU rektori va akademik V.A. Sadovnichiy bir necha bor Toshkent filialiga tashrif buyurib, o‘quv sharoitlari va jarayonini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqdi va foydali tavsiyalar berdi. U professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan suhbatlashdi, erishilgan yutuqlardan mamnunligini bildirdi.