TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Telekommunikatsiya operatorlari jismoniy shaxslarning biometrik, genetik va boshqa shaxsiy ma’lumotlarini O‘zbekiston hududida saqlashi shart. Bu haqda 1125-sonli “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgarishlarda aytib o‘tilgan.
Xususan, quyidagi shaxsga doir ma’lumotlar O‘zbekiston hududida saqlanishi shart:
Xususan, quyidagi shaxsga doir ma’lumotlar O‘zbekiston hududida saqlanishi shart:
shaxslarning biometrik ma’lumotlari;
shaxslarning genetik ma’lumotlari;
O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan telekommunikatsiya operatorlari xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar ma’lumotlari.
Yuqorida ko‘rsatilmagan shaxsga doir ma’lumotlar, quyidagi shartlardan biri bajarilganda, O‘zbekistondan tashqarida saqlanishi va ishlov berilishi mumkin:
Agar chet davlat shaxsga doir ma’lumotlarni bir xil himoya qilinishini ta’minlovchi davlat sifatida tan olinsa;
Operator tomonidan davlatning vakolatli organi talablariga javob beruvchi standartlar yoki korporativ qoidalar qabul qilini va ularga rioya etilsa;
Operator vakolatli davlat organi tasdiqlagan xalqaro standartlarga rioya etsa.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.