TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan SputnikPro mahorat darsida qiziqarli yangiliklarni yaratish muhokama qilindi.
Uni PR, marketing va media sohasida 20-yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis Alisa Belanovskaya olib bordi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyat kaliti – shunchaki yangilikni yetkazish emas, balki uni jurnalistlar va auditoriya uchun qiziqarli tarzda taqdim etishdir.
“Maqsadimiz – odamlar “Nima uchun bunday?”, deb savol berishga erishish”, – deya tushuntiradi spiker.
Mahorat darsidan so‘ng talabalar spiker bilan suhbatlashib, o‘z savollarini berishdi.
Talabalar fikriga ko‘ra, mahorat djarsi qiziqarli bo‘lgan va ular ko‘plab yangi narsalarni bilib olishgan. Shuningdek Sputnik axborot agentligida yangiliklar qanday yaratilishi haqida tushunchaga ega bo‘lishgan.
Batafsil Sputnik O‘zbekiston lavhasida tomosha qiling.
Batafsil Sputnik O‘zbekiston lavhasida tomosha qiling.