AQSh dunyoni o‘z bankrotligiga tayyorlamoqda

Bugungi kunda AQShning barcha qarzlari 136 trillion dollardan ortiq, bu AQSh YaIMining besh baravariga teng.
Sputnik
Bir qarashda, Eronga qilingan hujum Vashingtonga faqat sharmandalik, ulkan xarajatlar va axloqiy obro‘ning to‘liq yo‘qolishidan boshqa narsa keltirmadi. Qo‘shma Shtatlar allaqachon aybdorni faol ravishda qidirayotgani ajablanarli emas.

Demokratik gazeta bo‘lgan New York Times dunyoga Eronga qarshi tajovuz Mossad tomonidan yomon rejalashtirilganini aytdi: go‘yoki, Isroil razvedka xodimlari Trampga birinchi portlashdan keyin eronliklar ko‘chalarga chiqib, hukumatni ag‘darib, Eronning Shohzodasi Rizo Pahlaviyni hukmronlikka chaqirishlarini va’da qilishgan. AQSh prezidenti aybni o‘zining Mudofaa vaziriga yukladi. "Pit, menimcha, siz birinchi bo‘lib o‘rnidan turib, "Keling, hujum qilaylik" deb aytgansiz", deb u ochiqchasiga Pit Xegsetga murojaat qildi.
Ammo bu yerdagi eng qiziqarli savol bu shafqatsiz va ma’nosiz urushni kim boshlagani emas, balki nima uchun boshlanganligi. Va so‘nggi oylarda Oq uyning barcha aqldan ozgan sarguzashtlari asli qayerdan kelib chiqqan?
Javob yaqinda Fortune tomonidan nashr etilgan zerikarli raqamlar ustunlarida. Amerikalik iqtisodchilar uzoq vaqtdan beri hamma bilgan, ammo aytishdan qo‘rqqan narsani tan olishdi: Qo‘shma Shtatlar bankrot. To‘liq va umidsiz.

"Amerika hukumati to‘lovga qodir emas", deyishadi bizga amerikalik mutaxassislar. "Bu mubolag‘a emas; bu AQSh Moliya vazirligi e’lon qilgan, ammo OAV e’tiboridan chetda qolgan umumlashtirilgan moliyaviy hisobotlaridan kelib chiqadigan xulosa."

Aniq raqamlarni qadrlaydiganlar uchun mana bu yerda tahlil: bugungi kunga kelib, AQSh hukumati aktivlari 6,06 trillion dollarni, majburiyatlari esa qariyb 48 trillion dollarni tashkil etadi.
Yana bir nechta raqamlar: bu 48 trillion dollarga pensiyalar, nafaqalar, tibbiy sug‘urta yoki AQSh hukumatining boshqa ijtimoiy majburiyatlarini o‘z ichiga olmaydi. Xullas moliyalashtirilmagan majburiyatlar yana 88 trillion dollardan oshadi.
Bularning barchasini qo‘shsak, biz 136 trillion dollardan ortiq to‘lanmagan qarzni olamiz - bu AQSh YaIMining besh baravariga teng. Iqtisodchilar hatto uy xo‘jaliklari qarzi (deyarli 19 trillion dollar) kabi arzimas narsalarni ham hisobga olmaydilar, garchi bu aslida Amerika tarixidagi rekord miqdor bo‘lsa ham.
Xulosa qilib aytganda, bizning ko‘z o‘ngimizda bankrot bo‘lgan mamlakat turibdi. Bu safar endi amerikaliklar shunchaki "bosmaxonani ishga tushirish" bilan ish bitmaydi, "Appleni moliyalashtirish" haqidagi afsonalar o‘z ma’nosini yo‘qotgan. Hech narsa bilan ta’minlanmagan qog‘ozlarni bosmaxonadan chiqarishning nima keragi bor?
Iqtisodchilar Amerika hukumatiga taklif qiladigan yagona najot, bu — pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va tibbiy sug‘urtani bekor qilish. Bu shok terapiyasi deyiladi. Fortune ogohlantirishicha, agar Kongress bu choralarni ixtiyoriy, ikki partiyaviy kelishuv orqali amalga oshirmasa, ularni baribir biroz keyinroq, lekin bundan ham ancha yomon sharoitlarda qabul qilishga to‘g‘ri keladi.
Dahshatli ichki inqiroz muqarrar bo‘lib turgan vaqtda, Amerika ma’muriyati tashqi siyosatda urushlar, suiqasdlar va xorijiy rahbarlarning qo‘lga olinishi orqali, ichki iqtisodiy inqirozni go‘yoki biroz ortga surish, unga tashqi tomondan izoh berishga urinishga o‘xshaydi. Amerikaliklar ovqat yemayaptimi? Bu eronliklarning aybi.
Bu inqirozning bundan ham muhim va butun dunyo uchun xavfli tomoni shundaki, Eronga qarshi uzoq muddatli tajovuz, jahon iqtisodiyotida haqiqiy energiya inqiroziga olib kelishi mumkin. Bunda neft narxi iste’molchilar uchun shunchaki qimmat bo‘ladiki, mamlakatlar birin-ketin bankrot bo‘lishni boshlaydi. Bu Uchinchi Jahon urushidan ham battar bo‘ladi.
Vashington bugun hech kim Amerika iqtisodiyotini qutqara olmasligini juda yaxshi tushunadi. Ilgari bu boshqa hukumatlar uning salohiyatiga ishonishi mumkin edi - va haqiqatan ham, Qo‘shma Shtatlar o‘nlab yillar davomida global iqtisodiy o‘sishning dvigateli bo‘lgan. Bugun esa Amerika iqtisodiyoti komada, dunyo undan o‘zini chetga olib turishni afzal ko‘radi.
Shuning uchun, amerikalik strateglar Erondagi urush orqali global iqtisodiy inqirozni qo‘zg‘atishdan tortinmaydi. "Ombor yondimi, uy ham yonsin" qabilida. Hozir ular global iqtisodiyot boshini kesuvchi zarba berishga harakat qilmoqdalar. Bu "yong‘in" ichida ular dunyo mamlakatlaridan olgan qarz majburiyatlari ham "yonib ketshiga" umid qilmoqdalar.
Ushbu inqirozda Rossiya omon qolishi va undan foyda bilan chiqishi uchun barcha imkoniyatlarga ega.