TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Rossiya maxsus harbiy operatsiyadagi maqsadlariga harbiy vositalar bilan erishadi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tinchlik muzokaralariga tayyorligi bir necha marta aytilgan, biroq ular Rossiya shakllantirgan shartlarda olishi borilishi shart, Ukraina tomoni esa bunday qarorlarga tayyor emas.
"Maxsus harbiy operatsiya boshlanishida qo‘yilgan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin TIV hay’atida nutq so‘zlayotib, shakllantirgan maqsadlar, hech qachon o‘zgarmagan, avvalgi holicha qolmoqda. Bunday taqdirda biz maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga harbiy vositalar bilan erishamiz”, - dedi Medvedev RIA Novostiga bergan intervyusida.