“Ittifoqning muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri tashqi konturda hamkorlikni rivojlantirishdir. O‘tgan yil bu borada samarali bo‘ldi. Indoneziya, Mo‘g‘uliston va Birlashgan Arab Amirliklari bilan tegishli erkin savdo bitimlari tuzildi. Ishonchim komilki, ittifoq bilan hamkorlikka qiziqish kuchayadi. Va konstruktiv ish olib boradigan do‘stona davlatlar bilan o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni davom ettirish muhimdir”, - dedi Rossiya hukumati raisi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.