Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Shevakovkani nazoratga oldi, AQSh texnikasi ham yo‘q qilindi

Rossiya Mudofaa vazirligi Xarkov viloyatida aholi punkti nazoratga olinganini ma’lum qildi. Qo‘shni hududlarda Ukraina bo‘linmalari va harbiy infratuzilmasiga zarbalar berildi.
Sputnik
TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Rossiya armiyasining “Shimol” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol va qat’iy harakatlar natijasida Xarkov viloyatidagi Shevakovka aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Shimol” guruhi Xarkov viloyatining Vesoloe, Rubejnoe, Verxnyaya Pisarevka va Velikiy Burluk aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining ikki mexanizatsiyalashgan, bir motopiyoda brigadasi, hududiy mudofaa va Milliy gvardiya bo‘linmalari tor-mor etildi.

Shuningdek, Sumi viloyatining Dumovka, Xrapovshina, Miropolye, Ivoljanskoe va Novodmitrovka aholi punktlari hududlarida Ukraina qo‘shinlarining ikki mexanizatsiyalashgan, bir aeromobil va ikki hududiy mudofaa brigadasi bo‘linmalariga ham talafot yetkazildi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, Ukraina tomoni 210 nafardan ortiq harbiy, bir zirhli jangovar mashina, 13 ta avtomobil va to‘rtta dala artilleriya qurolidan ayrilgan. Ular orasida AQShda ishlab chiqarilgan 155 mmli “Paladin” o‘ziyurar artilleriya qurilmasi ham bor.
Shuningdek, ikki radioelektron kurash stansiyasi, batareyaga qarshi kurash radiolokatsiya stansiyasi, sakkizta o‘q-dori va moddiy-texnika vositalari ombori yo‘q qilingan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Nikiforovkani ozod qildi — Ukraina kuchlari yo‘qotishlari ochiqlandi