Toshkentda "Qishloq xo‘jaligi - Agro World Uzbekistan-2026" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Bu ko‘rgazmada 19 ta mamlakatdan 162 ta kompaniya qishloq xo‘jaligi, parrandachilik, veterinariya va qayta ishlash sohasidagi ishlanmalarini taqdim etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Toshkentda "Qishloq xo‘jaligi - Agro World Uzbekistan-2026" 21-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Ko‘rgazmada qishloq xo‘jaligi uskunalari, parrandachilik va chorvachilik, yem-xashak ishlab chiqarish, veterinariya, donni qayta ishlash va saqlash, shuningdek, hosildorlikni oshirish hamda o‘simliklarni himoya qilishga qaratilgan agrokimoviy mahsulotlar namoyish etilmoqda.

"Rejamiz 2 ta parrandachilik majmuasi qurishdir. Bu yerda bunday loyihalarga talab yuqori. Yaqin kelajakda mahsulotlarimiz bilan O‘zbekiston bozorida yanada kengayish va rivojlanishni rejalashtirapmiz", - deydi "Profxolod" kompaniyasining sotuvlar bo‘limi rahbari Shelepov Stanislav.

Ko‘rgazmada Rossiya, Xitoy, Hindiston, Belarus, Janubiy Koreya, Turkiya, Yaponiya, Polsha kabi 19 ta mamlakatdan 162 ta kompaniya ishtirok etmoqda.

"Biz bu ko‘rgazmada birinchi marta ishtirok etayotganimiz yo‘q va har yili bu yerda ko‘plab do‘stlar va mijozlarni topamiz. Bu yil ko‘rgazmaga innovatsion uskunalarimizni olib keldik. Biz dunyoning 41 mamlakatiga mahsulot yetkazib beramiz va 25-yildan ortiq vaqt davomida bozorda ishlaymiz", - dedi rossiyalik tadbirkor, "Texno" kompaniyasining tijorat direktori Andrey Bondarenko.

Samarqanddagi agroko‘rgazmada Rossiya stendi eng yaxshi xorijiy stend deb topildi