TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Belarusning Gomel viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Ivan Krupko boshchiligidagi delegatsiya va Belarusning O‘zbekistondagi elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqotda sanoat, qishloq xo‘jaligi, investitsiya, logistika, savdo-iqtisodiy aloqalar, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati hokimligi va Gomel viloyati ijroiya qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik niyatlari to‘g‘risida bayonnoma imzolandi.
Xokimiyat Tashkentskoy oblasti i Gomelskiy oblastnoy ispolkom podpisali protokol
© Xokimiyat Tashkentskoy oblasti
Hujjat tomonlarning iqtisodiyot, savdo, fan, madaniyat, turizm, sport va sog‘liqni saqlash sohalarida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlararo sheriklikni mustahkamlashga tayyorligini nazarda tutadi.
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatida qo‘shma tashabbus va loyihalarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlar mavjudligini ta’kidladi.