Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Nikiforovkani ozod qildi — Ukraina kuchlari yo‘qotishlari ochiqlandi

RF Mudofaa vazirligi DXRdagi Nikiforovka ustidan nazorat o‘rnatilganini, shuningdek, bir nechta yo‘nalishda Ukraina bo‘linmalariga zarbalar berilganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining “Janub” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari faol va qat’iy harakatlar natijasida Donesk Xalq Respublikasidagi Nikiforovka aholi punktini nazoratga oldi. Bu haqda RF Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, DXRning Drujkovka, Konstantinovka, Ray-Aleksandrovka, Lipovka, Bilbasovka, Novoselovka, Kramatorsk, Nikolayevka va Slavansk aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining yettita mexanizatsiyalashgan, aeromobil, hujumchi, motopiyoda va tog‘-hujum brigadalari yakson qilingan.

Xabarda aytilishicha, Ukraina tomoni 200 nafargacha harbiy xizmatchisi, uchta zirhli jangovar mashinasi, 10 ta avtomobili va sakkizta dala artilleriyasi qurolidan ayrilgan. Ular orasida NATO davlatlarida ishlab chiqarilgan ikkita artilleriya quroli ham bor.

Shuningdek, Ukraina armiyasining uchta radioelektron kurash stansiyasi, uchta o‘q-dori ombori va bir yoqilg‘i ombori yo‘q qilingan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Peschanoyeni nazoratga oldi — operatsiya tafsilotlari ochiqlandi