TOShKENT, 24 mar – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining “Shimol” guruhi bo‘linmalari Xarkov viloyatidagi Peschanoe aholi punktini nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, aholi punktini egallashda 69-diviziya bo‘linmalarining muvofiqlashtirilgan harakatlari muhim rol o‘ynagan. Artilleriya va dronlar yordamida dushman pozitsiyalariga zarbalar berilib, uning mustahkamlanishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Ta’kidlanishicha, razvedka bo‘linmalari uchuvchisiz uchish apparatlari orqali nishonlarni aniqlab, koordinatalarni tezkor ravishda artilleriyachilarga uzatgan.
Artilleriya zarbalaridan so‘ng hujumchi bo‘linmalar qishloq hududiga kirib, binolar va yerto‘lalarni tekshirgan.
Hozirda Rossiya bo‘linmalari Xarkov viloyatida xavfsizlik zonasini kengaytirish va oldinga siljishni davom ettirmoqda.