TOShKENT, 23 mar – Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida “Janubiy Osiyo va Yaqin Sharqdagi inqirozlarning Markaziy Osiyo mamlakatlari rivojlanisha ta’sir” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.
Tadbir 24-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da boshlanadi.
Ishtirokchilar:
Rossiya FA Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti Markaziy Osiyo sektori boshlig‘i Stanislav Pritchin;
“Ma’no” tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev.
Mutaxassislar joriy inqirozlar Markaziy Osiyo mamlakatlarining geosiyosiy strategiyasiga qanday ta’sir qilishini muhokama qilishadi.
Shuningdek, mintaqadagi infratuzilma va investitsiya loyihalari uchun xavf-xatarlar va chaqiriqlar, yangi imkoniyatlar va yangi sharoitlarda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining muqobil yo‘nalishlari haqida so‘z yuritiladi.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev