Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Chernigov viloyatidagi NATO o‘quv poligoniga zarba berdi

Sobiq harbiy qism poligoni Ukraina askarlarini NATO qurollaridan foydalanishga o‘rgatish uchun foydalanilgan.
Sputnik
TOShKENT, 23 mar – Sputnik. Rossiya armiyasi Chernigov viloyatidagi Repki qishlog‘i yaqinidagi NATO o‘quv poligoniga zarba berdi. Bu haqda Ukrainadagi yashirin ko‘ngillilar harakati koordinatori Sergey Lebedev RIA Novostiga ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Repki qishlog‘i yaqinidagi A-0254 sonli sobiq harbiy qismga berilgan zarba natijasida taxminan 30 nafar askar yaralagan va tuman kasalxonasiga olib ketilgan. Eng og‘ir jarohatlanganlar esa 6 ta harbiy tez yordam mashinasida Chernigovga olib ketilgan.
Lebedevning so‘zlariga ko‘ra, sobiq harbiy qism poligoni Ukraina askarlarini NATO qurollaridan foydalanishga o‘rgatish uchun foydalanilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Ukraina Harbiy-sanoat majmuasiga kuchli zarba berdi