So‘nggi yillarda hamkorlikning mustahkamlanishiga ko‘p jihatdan o‘zbekistonlik iste’molchilarning Rossiya mahsulotlari sifatiga bo‘lgan ko‘p yillik ishonchi hamda Rossiya kompaniyalari tomonidan biznes yuritishning yuqori standartlari sabab bo‘ldi. Bunga ko‘pincha davlatning har tomonlama ko‘magi, xususan, Astraxan kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi huzuridagi Eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi (EQQM) timsolida erishilmoqda.
O‘zbekiston bozoriga kirib kelayotgan yangi korxonalar qatorida “Rossiyada ishlab chiqarilgan” (“Sdelano v Rossii”) sertifikatiga ega bo‘lgan Astraxan viloyatining ish boshlayotgan eksportchilari ham bor. Bu hujjat ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimi bo‘lib, mahsulotning Rossiyada ishlab chiqarilganini va yuqori sifatini tasdiqlaydi.
"Stroitelnie texnologii" MChJ IChTF 1996-yildan beri bozorda faoliyat yuritib kelmoqda va bu davr mobaynida kompaniya agrosanoat majmuasi uchun ishonchli va zamonaviy yechimlarni taklif qiluvchi 100 tadan ortiq obyektni muvaffaqiyatli yakunladi. Bular — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun metalldan tez quriladigan binolarni ishlab chiqarish va qurish bo‘lib, jumladan: don va sabzavot omborlari, chorvachilik komplekslari, qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun angarlar, ishlab chiqarish sex va omborlar, ma’muriy binolar.
Kompaniya o‘zining “AGRI” brendiga ega bo‘lib, mijozlariga meva va sabzavotlarni sanoat miqyosida saqlash uchun o‘zi ishlab chiqargan patentlangan “Agree” iqlim nazorati tizimini taklif etadi. Ushbu innovatsion yechim kompaniya muhandislari tomonidan meva-sabzavotlarni saqlash sohasidagi jahon tajribasi va ilg‘or texnologiyalar asosida yaratilgan. Kompaniyaning bu noyob ishlanmasi Rossiyada muqobiliga ega emas.
Astraxanskaya oblast predlagayet uzbekskim partneram luchshie tovari i uslugi
© Kompaniya AGRI
“Agree” avtomatlashtirilgan tizimi — to‘liqligicha o‘z zavodida ishlab chiqarilgan kompyuter tizimi, kontrollerlar, boshqaruv shchiti, datchiklar, shamollatish klapanlari, dasturiy ta’minot, xususiy algoritmlar va bulutli saqlagichni o‘z ichiga olgan majmuaviy uskunadir. Sertifikatlangan iqlim uskunasi har qanday ob-havo sharoitida hosilning 100 % saqlanishini kafolatlaydi va qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun ajralmas hisoblanadi.
“Dunyoning istalgan nuqtasidan turib uskunalarni boshqarish imkoniyati bizning real vaqt rejimida professional xizmat ko‘rsatishimizni va favqulodda vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlashimizni kafolatlaydi, – deydi kompaniya direktori Vitaliy Azizov. – Uskunalar to‘liq sertifikatlangan va ro‘yxatdan o‘tgan”.
“Astraxan viloyati EQQMning ko‘magida “ishonchlilik” toifasi bo‘yicha “Rossiyada ishlab chiqarilgan” sertifikatini oldik, bu esa tashqi bozorlarga yanada ishonchliroq chiqish imkonini beradi. Kompaniya agrosanoat ko‘rgazmalarida, jumladan, xalqaro ko‘rgazmalarda muntazam ishtirok etib keladi, buni olingan diplom va mukofotlar ham tasdiqlaydi”, – deb qo‘shimcha qiladi Azizov.
“Biz qurilish sohasida ko‘p yillik tajribaga egamiz va agrosanoat majmuasi o‘ziga xosliklarini chuqur tushunamiz. Ishonchim komilki, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorligimiz respublika qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirishga, shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligi va hosil saqlanishini oshirishga salmoqli hissa qo‘shish imkonini beradi”, — deydi Azizov.
“Insektor ProfiOpt” (YaTT Siunchik Nikita Sergeyevich) dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya (DDD) uchun mahalliy va xorijiy preparatlar, shuningdek, mutaxassislar va keng jamoatchilik uchun uskunalar va shaxsiy himoya vositalarini sotish bilan shug‘ullanadi.
Astraxanskaya oblast predlagayet uzbekskim partneram luchshie tovari i uslugi
© Insektor ProfiOpt
“Kompaniyamizning missiyasi — preparat shakllari, ta’sir etuvchi moddalar va uskunalar assortimentini kengaytirish orqali dezinfeksiya bozorini rivojlantirish”, — deydi Nikita Siunchik.
Kompaniya o‘z mijozlariga Bojxona ittifoqi hududida ro‘yxatdan o‘tgan deratizatsiya, dezinseksiya va dezinfeksiya vositalarining butun assortimentini ishlab chiqaruvchi narxlarida yetkazib beradi. Kompaniya katalogidan 1000 tadan ortiq mahsulot o‘rin olgan. Barcha tovarlar 2000 kvadrat metr maydonga ega omborda saqlanadi.
“Insektor ProfiOpt” Rossiyaning VTV servis, Pesteks, NPO Garant, Alina-Nova kabi eng yaxshi ishlab chiqaruvchilarining rasmiy distribyutori hisoblanadi. Shuningdek, assortimentda “SiunchikOFF” xususiy savdo belgisi ostida hasharotlar va kemiruvchilarga qarshi preparatlar qatori mavjud. Brend bu bilan cheklanib qolmaydi va yaqin kelajakda bozorga kana, chivin va burgalarga qarshi preparatlarni, konsentratlarni hamda kemiruvchilarga qarshi turli shakl va turdagi vositalarni (qopqonlar uchun yemlarni) taqdim etadi.
Mahsulotlar Rossiya va MDH mamlakatlari bo‘ylab mijoz uchun qulay bo‘lgan har qanday usulda belgilangan kundayoq yetkazib beriladi. Buyurtmalar mahsulot uchun 100% to‘lov qilinganidan so‘ng jo‘natiladi, ammo yukni Astraxandagi transport kompaniyasi terminaligacha yetkazish bepul.
"Buyurtmachining talabiga ko‘ra, biz barcha mahsulotlar bo‘yicha amaldagi narxlarni taqdim etishga tayyormiz, — dedi Siunchik. — Shuningdek, DDD va pest-kontrol mahsulotlarining batafsil katalogini, davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma, muvofiqlik deklaratsiya, xavfsizlik pasportlarini hamda har bir mahsulot uchun ilova qilinadigan hujjatlar va taqdimot materiallarini ham taqdim etamiz. Doimiy xaridorlarimiz uchun bizda sodiqlik dasturi mavjud".
"Turar joy va tijorat sektorida dezinseksiya hamda deratizatsiya xizmatlariga bo‘lgan yuqori talab O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan preparatlar uchun barqaror bozorni shakllantirmoqda. Mahsulotlarimizning keng assortimenti respublikada o‘z xaridorini topadi, deb umid qilamiz", – deya xulosa qildi Siunchik.
Material tijoriy shartlar asosida chop etildi.